O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktabgacha ta’lim vazirligi va Jaxon banki “Bolalarning erta yoshdan rivojlanishiga ko‘maklashish”loyihasi bo‘yicha hamkorlik qiladi

2019-11-21 | Ta’lim

2019-yil 19-noyabr kuni Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va vazirlikning mutasaddi rahbarlari mamlakatimizga Jahon Banki Global Ta’lim amaliyoti bo‘yicha bosh menedjer janob Xarri Patrinos boshchiligidagi delegatsiyani qabul kildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy mavzusi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Jahon Banki o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “Bolalarning erta yoshdan rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasini boshlashga tayyorgarlik masalalariga qaratilgan.

Uchrashuv davomida loyihaning istiqbolli maqsadlari, maktabgacha ta’lim tizimida erishiladigan yutuqlari va kelgusida hamkorlik doirasida amalaga oshirish mumkin bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, suhbat davomida ta’lim sifatini oshirish va baholash bo‘yicha ikki vosita (MELE va MODEL) uslublari haqida fikr almashildi.

Loyihaning sifatli ta’lim muhitini yaxshilash va uning ommabopligini ta’minlash borasida tegishli mebel va uskunalar, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanadi. Loyiha doirasida olis va borish qiyin bo‘lgan chekka hududlardagi bolalarning maktabgacha ta’lim olish imkonini beruvchi muqobil modellari sinovdan o‘tkaziladi.

Xususiy sektor bilan sherikchilik asosida yondashuv kelgusida MTMlarni moliyalashtirishda erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘ladi.

Loyihani moliyalashtirish Jahon Banki tomonidan jami 73.85 mln AQSh dollari miqdoridagi grant va kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘ning asosiy qismi maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, sifatli ta’lim muhitini yaxshilash va uning ommabopligini ta’minlash, xususiy sektor bilan sherikchilik, ta’lim sifatini o‘lchash tizimini tashkil etish komponentlarni tatbiq etish uchun yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Jahon Banki bilan hamkorlikdagi mazkur loyihani 2020-2024-yillar oralig‘ida amalga oshirishi ko‘zdatutilgan.

Поделиться