O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki vakillari inson kapitaliga sarmoya kiritish zarurligini ta’kidladi

2019-11-21 | Ta’lim

Kelajakda yuqori natijalarga erishish uchun O‘zbekiston inson kapitalini rivojlantirishga sarmoya kiritishi kerak. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati hamda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari uchun ta’lim sohasidagi global amaliyot menejeri Garri Patrinos boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida ikki tashkilot vakillari tomonidan yurtimizda ta’lim tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi.

Jahon banki delegatsiyasiga xalq ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar va vazirlikning kelajakdagi rejalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Jumladan, O‘zbekiston o‘quvchi va o‘qituvchilar bilimini baholash uchun xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni rejaga kiritgani haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini qayta ko‘rib chiqishni, o‘qituvchilarning o‘z ustida doimiy ishlashini ta’minlash maqsadida litsenziyalash tizimini joriy qilishni rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.

Jahon banki vakillari O‘zbekistonning rivojlanayotgan Inson kapitali indeksida ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirib, kelajakda yuqori natijalarga erishish uchun inson kapitaliga investitsiya kiritish muhimligini ta’kidladi. Ta’kidlanishicha, ta’limga ajratilgan mablag‘larni xarajatlar sifatida ko‘rib chiqish kerak emas. Ta’limga sarflangan mablag‘lar sarmoyadir.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikning mavjud yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Поделиться