O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Germaniya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2019-11-21 | Siyosat

2019-yilning 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Germaniya siyosiy maslahatlashuvlarining 15-raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Germaniya Federativ Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vakolatli vakili Mixael Zibert rahbarlik qildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida Germaniyaga, Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning may oyida O‘zbekistonga rasmiy tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, oliy darajadagi tashriflar almashinuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlardagi yangi bosqichning boshlanishi bo‘lib, barcha sohalardagi hamkorlikni faollashtirishga ko‘maklashdi.

Suhbat chog‘ida yangi tashabbuslar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish orqali ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishdan o‘zaro qiziqish tasdiqlandi. Muloqot, avvalo, savdo-iqtisodiy, sayyohlik, parlamentlararo va madaniy-gumanitar kabi sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida bo‘ldi.

Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini yuqori baholadilar, savdo hajmi 2018-yil yakunlariga ko‘ra 772 mln. AQSh dollari, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida esa 744 mln. dollarni tashkil etdi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar aloqalarni va ilm-ta’lim almashinuvini kengaytirish, jumladan kadrlar tayyorlash, qo‘shma o‘quv seminarlarini tashkil etish, filiallar va magistratura dasturlarini ochish, shuningdek, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni nashr etishni oshirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralarda Germaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Gunter Overfeld ishtirok etdi.

Поделиться