O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mali Elchisi bilan uchrashuv
2019-11-20 | Siyosat
2019-yilning 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mali Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida) Tiefing Konateni qabul qildi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, uni yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat davomida turli shakllarda, xususan, BMT va Islom hamkorlik tashkiloti doirasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini yaratish bo‘yicha birgalikda ishlashdan manfaatdorlik izhor etildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.