O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Butunjahon banki davlat xizmatlari islohotida O‘zbekiston hukumatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi
2019-11-20 | Jamiyat
O‘zbekistonda davlat xizmatlari faoliyati, shu jumladan, davlat xizmatchilari mehnat huquqlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarda Butunjahon banki bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari mazkur yo‘nalishda xalqaro tajribadan keng foydalanish va amaliyotda samarali natijalarga erishish imkonini beradi.
2019-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Butunjahon banki vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu yo‘nalishdagi istiqbolli masalalar muhokama etildi.
Uchrashuvda Butunjahon bankining davlat sektori bo‘yicha katta mutaxassisi Aleks Appia-Koranteng, moliyaviy boshqaruv bo‘yicha katta mutaxassisi Elbek Yusupov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi vazirlik mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar davlat xizmatchilarining ish haqi, ustama miqdorlarini belgilash printsiplari haqida fikr almashdi. Aleks Appia-Koranteng davlat xizmatlari islohotida O‘zbekiston hukumatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidlab o‘tdi.