O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
19-noyabr kuni respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi
2019-11-19 | Jamiyat
19-noyabr kuni “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “L-SX” 35 kV elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan shu kuni Bog‘dod tumanining “Oydinbuloq” “Qorovultepa”, “Qaroqchitol”, “Yuksalish”, “Matqulobod”, “Cheksaroy”, “Qo‘shtegirmon-1”, “Qo‘shtegirmon-2”, “Navro‘z”, “Chuvalanchi”, “Tuvadaq”, “Ultarma”, “Olchin”, “Cho‘l-Yunus”, “Bordon” mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda “Sho‘rsuv” podstantsiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli O‘zbekiston tumanining Sho‘rsuv shaharchasi iste’molchilariga soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi yetkazib berilishida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi.
Shuningdek, 19-noyabr kuni Andijon viloyat elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Maslahat” podstantsiyasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Oltinko‘l tumanidagi “Ittifoq”, “Saroy-1”, “Maslahat”, “Hasan-Husan” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi.
Namangan shahridagi “Oydinko‘l” va “Oromgoh” nimstantsiyalarida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Namangan shahrining “Sohibkor”, “Gulpora”, “Yangi qurilish”, “Ilg‘or”, “A.Temur”, “Oromgoh”, “Tinchlik”, “Mexnatobod”, “Yoshlik” va “Mustaqillikning besh yilligi” MFYlar hududlaridagi iste’molchilarga;
Pop tumanidagi 35/10 kVli “Chig‘anoq” nimstantsiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Pop tumanining “Yuksalish” va “Chig‘anoq” MFYlar hududlaridagi iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.
Navoiy viloyati L-Langar-35 kVli havo elektr uzatish tarmog‘ining rejali ta’mirlanishi sababli Xatirchi tumanidagi “Oltinsoy”, “Oqtepa”, “Angidon”, “Sangijuman”, “Maydon”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Baxshijar” hamda “Langar” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.
Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan elektr tarmoqlari va qurilmalarini ta’mirlash ishlari bajarilishi munosabati bilan Buxoro shahar “Otbozor” MFY hududlarining ayrim ko‘chalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.
Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga qarashli 1799-sonli transformator punktining 2-sektsiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida 20-mavze “Diydor” mahalla 1, 2, 3, 4 va 5-tor “Hakimxon” hamda “So‘galli ota” ko‘chalaridagi 234, 237, 244, 254, 257, 258 va 284-sonli aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.
Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi “Istiqlol”, “Paxtagul”, “Guliston”, “Ahillik” mahallalarida, Hazorasp tumanining “Jangiota”, “Navro‘z”, “Shovot”, “Aloqachi ko‘l”, “Yangiobod”, “Amudaryo”, “Yangibozor”, “G‘afur G‘ulom”, “Karvak” mahallalarida, Urganch tumanidagi “Tandirchi” mahalalarida joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Shu sababli yuqorida keltirilgan hududlarda joriy yilning 19-noyabr kuni soat 9:00dan 18:00 ga qadar elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.