O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019-yil 17-noyabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi
2019-11-19 | Ta’lim
2019-yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin boshchiligidagi vazirlik ishchi guruhi hamda Singapur Respublikasining Indorama Corporation kompaniyasi vakillari ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 17-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasining 2019-yil 5-9-noyabr kunidagi Singapur Respublikasiga rasmiy tashrifi jarayonidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va maktabgacha ta’lim tizimi tajribalarini o‘rganish yuzasidan belgilab olingan kelishuvlarni amalga oshirish, Singapur davlati maktabgacha ta’lim tizimi tajribalarini amaliyotga tatbiq etishda Sardoba tumanidagi 10-sonli hamda 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik holati, mazkur tashkilotlarda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.