O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya elchisi bilan uchrashuv

2019-11-18 | Siyosat

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi.

Tomonlar ushbu uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga tashrifiga tayyorgarlik davrida o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratdilar. O‘zbekiston va Yaponiya barcha sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirishga intilayotgani qayd etildi.
 
Bugungi kunda Yaponiya kompaniyalarining investitsiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar o‘z samaralarini bermoqda. Har ikki davlat o‘zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
 
Ma’lumki, joriy yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 27 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Markaz Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda konstitutsiyashunoslik bo‘yicha o‘zbek-yapon yuridik forumini tashkil etmoqda. Janob Yo.Fujiyama bo‘lajak anjumanga katta qiziqish bildirdi.
 
Markaz tashabbusi asosida Yaponiya Konstitutsiyasini yapon va o‘zbek tillarida nashr etish loyihasi ham yapon elchisining diqqatini tortdi. Ayni vaqtda Yaponiya Konstitutsiyasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan, unga qisqacha izohli lug‘at va so‘ngso‘z matnlari ham tayyorlangan.
 
Tomonlar, shuningdek, atoqli yapon olimi va jamoat arbobi, O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni sohibi Kato Kyudzo xotirasiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – yapon qalbida” rangli-bezakli kitobi nashri haqida fikr almashdilar.
 
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, inson huquqlari, ta’lim va madaniyat sohalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
 
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati.
 

Поделиться