O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sanoat mulki himoyasi: O’zbekiston va Belarus Respublikalari o’rtasida hamkorlik
2019-11-18 | Jamiyat
Seminar doirasida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi rahbariyati Belarus Respublikasi Intellektual mulk milliy markazi bosh direktorining o'rinbosari Aleksey Kurman bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida idoralararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta'kidladilar. Uchrashuv yakunlariga ko'ra Belarus Respublikasi Intellektual mulk milliy markazi va Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi o'rtasida sanoat mulki himoyasi sohasida o'zaro anglashuv memorandumini imzolash to'g'risida kelishuvga erishildi.