O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiyalik investor Namanganda xususiy maktab ochadi
2019-11-18 | Iqtisodiyot
Namangan viloyati hokimligida 17-noyabr kuni Yaponiyaning “Balcom Group” kompaniyasi prezidenti Tetsuro Yamasaka bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Namanganda xususiy maktab ochish loyihasiga investitsiya kiritishni rejalashtirayotgan “Balcom Group” kompaniyasi rahbari, uchrashuvda ushbu loyihaning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berdi.
Bir yarim gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan ushbu maktab xalqaro standartlardagi ta’limga asoslangan tarzda faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan. Bu zamonaviy ta’lim muassasasi 525 o‘quvchini o‘z bag‘riga oladi.
Maktab qurilishi uchun yer maydoni taklif etilgan hududlar ko‘rib chiqilgach, “Balcom Group” kompaniyasi bilan investitsion kelishuv imzolanadi.
Uchrashuv kun tartibidan Namangan hamda Xirosima o‘rtasida birodarlashgan shaharlar kelishuvi imzolanishi masalasi ham o‘rin oldi.