15-noyabr kuni “Ipak yo‘lida turizm” XXV Toshkent xalqaro turistik ko‘rgazmasi (TXTK 2019) o‘z ishini tugalladi. Tadbir yakuniga ko‘ra, eng faol hududlar va tashkilotlar taqdirlandi.
Tashkilotlar kesimida:
- Eng keng qamrovli stend - Korea Tourism Organization;
- Xalqaro pavilonning eng yaxshi stendi - Indoneziya Respublikasi Turizm vazirligi;
- Ko‘p yillik va samarali hamkorlik - Tourism Authority of Thailand;
- Tibbiyot turizmi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun - Sog‘liqni saqlash vazirligi;
- Ta’lim turizmi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun - Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi;
- Turizm infratuzilmasi sanitar-gigenik holatini rivojlantirish va yaxshilash bo‘yicha qo‘shgan hissasi uchun - “Ria Building Construction Group” MChJ;
- Vino turizmi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun - “O‘zsharobsanoat” AJ;
- TXTK 2019 debyutanti - “Hilton Tashkent City” mehmonxonasi;
- Sayyohlarni sug‘urta qiluvchi eng yaxshi kompaniya - “O’zbekinvest Hayot”;
- Sog‘lomlashtirish turizmi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun - O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi.
Hududlar kesimida:
- Ichki turizm rivojiga qo‘shgan hissasi uchun - Samarqand viloyati;
- Eng samarali ishtirok uchun - Buxoro viloyati; TXTK 2019 ning eng ko‘p odam tashrif buyurgan stendi - Toshkent viloyati;
- Turizm infratuzilmasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun - Toshkent shahri;
- Eng innovatsion stend - Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Eng yaxshi hunarmandlar taqdimoti - Andijon viloyati;
- Eng yorqin stend - Namangan viloyati;
- Eng “mazali” hudud - Farg‘ona vodiysi;
- Eng yaxshi suvenir mahsuloti - Sirdaryo viloyati;
- Eng yaxshi eko-stend - Jizzax viloyati;
- Eng yaxshi flesh-mob - Qashqadaryo viloyati;
- Milliy uslubdagi eng yaxshi stend - Surxondaryo viloyati;
- Eng yaxshi folklor namoyishi - Xorazm viloyati;
- Eng faol ishtirok uchun - Navoiy viloyati.
Mukofotlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov, raisning birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Kasimxodjayev hamda rais o‘rinbosarlari Faxriddin Davrukov hamda Ulug‘bek A’zamov tomonidan topshirildi.