O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hisobot beruvchi korxona va tashkilotlar diqqatiga!

2019-11-18 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5723-son Farmoni bilan joriy yilning 1-sentabridan boshlab ish haqining eng kam miqdori o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori joriy etildi hamda 634880 so‘m miqdorida belgilandi.

Ushbu Farmonga muvofiq, 2019-yil noyabr oyi uchun 1-NH “Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida”  davlat statistika hisoboti shakliga tegishli o‘zgartirish kiritilib, Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yil 19-sentabrdagi 8-MB son qarori bilan tasdiqlandi hamda Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3083-4, 2019-yil 3-oktabr).

2019-yil noyabr oyi uchun 1-NH davlat statistika hisoboti shakli Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirilgan: https://stat.uz/uz/536-2019yil/4705-demografiya-va-mehnat-statistikasi-2019.

Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, mazkur davlat statistika hisoboti shakli ma'lumotlari faqat noyabr oyi davomida to‘liq ishlagan, shuningdek, ishda bo‘lmagan kunlari mavjud, ammo qonunga muvofiq ish haqi yozilgan mazkur korxona (tashkilot)da mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan xodimlar bo‘yicha to‘ldirilib, 2019-yilning 16-dekabriga qadar elektron ko‘rinishda Internet tarmog‘i orqali eStat 3.0. dasturidan foydalangan holda taqdim etiladi.

Savollar yuzasidan murojaat uchun telefon raqamlar:

Davlat statistika qo‘mitasi 71-230-81-28

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 71-230-82-17

Andijon viloyati 71-230-82-78

Buxoro viloyati 71-230-83-16

Jizzax viloyati 71-230-83-59

Qashkadaryo viloyati 71-230-84-04

Navoiy viloyati 71-230-84-38

Namangan viloyati 71-230-84-90

Samarqand viloyati 71-230-85-36

Surxondaryo viloyati 71-230-85-86

Sirdaryo viloyati 71-230-86-32

Toshkent viloyati 71-230-86-78

Farg‘ona viloyati 71-230-87-33

Xorazm viloyati 71-230-87-81

Toshkent shahri 71-230-88-22

Поделиться