O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Investitsion operatsiyalari departamenti bosh direktori S.Teravintorn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-11-18 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 15-noyabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Investitsion operatsiyalari departamenti bosh direktori S.Teravintorn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi - tomonlar hamkorlikning muhim yo‘nalishlari doirasida o‘zaro munosabatlarning joriy holati va kelgusidagi choralar muhokama qildilar.
OIIB Prezidenti S.Litsyunning O‘zbekistonga qilgan tashrifi hamda shahsiy uchrashuv va muzokaralarda erishilgan kelishuvlar OIIB bilan hamkorliknimisli ko‘rilmagan miqyos va sur’atlarga olib chiqdi.
Bugungi kunda, Buxoro viloyatida infratuzilmaviy qurilish loyihalar bo‘yicha faol ish olib borilmoqda - OIIB texnik missiyalari tezkor tartibda loyihalarning texnik-iqtisodiy aspektlarini ishlab chiqmoqda. Bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil yo‘llari, suv ta’minoti va oqava suv infratuzilmalarini qurish va modernizatsiya qilish loyihalarini dastlabki o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yil yakuniga qadar maqqullanishi kutilayotgan “Obod qishloq” loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan muzokara jarayonlarida sezilarli rivojlanish kuzatilmoqda.
OIIB O‘zbekistondagi faoliyati doirasida boshqa xalqaro moliya institutlari bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirmoqda: Osiyo Taraqqiyoti Banki (OTB) bilan O‘zbekiston temir yo‘l tarmog‘ining ayrim qismlarini elektrlash loyihasi birgalikda ishlab chiqilmoqda, Yevropa investitsiya banki (YIB) bilan issiqlik ta’minoti ob'yektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo‘yicha qator loyihalarni birgalikda moliyalashtirish istiqbollari borasida muzokaralar olib borilmoqda.
Bo‘lib o‘tgan suhbat belgilangan tashabbuslarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud masalalarni chuqur tahlil qilishga va OIIB texnik missiyalarining O‘zbekistondagi kelgusi faoliyati davomida foydalanish uchun birgalikdagixarakatlar bilan o‘zaro maanfatli bo‘lgan yechimlarni ishlab chiqish va kelishish imkoniyatini berdi.