Investitsiya va tashqi savdo vazirligida “Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Bosh prokuratura hamda Adliya vazirligi masʼul xodimlari, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi, Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish agentligi va Investitsiya loyihasini ishlab chiqish markazi mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish choralari xususida batafsil maʼlumot berildi.
Seminarning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻz mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan, huquqiy bilimlari darajasini oshirishdan iborat.
Mohigul QOSIMOVA