O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025

2019-11-15 | Jamiyat

2019-yil 14-noyabr kuni “City Palace” mehmonxonasining “Grand Ball Room” konferensiyalar zalida Davlat statistika qo‘mitasi hamda Jahon banki ekspertlari guruhi ko‘magida “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” loyihasi bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati va markaziy apparati xodimlari, Jahon banki ekspertlari, turli vazirlik va idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Xalqaro tadbirni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich ochib berib, “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” loyihasi bo‘yicha batafsil so‘z yuritdi. Shuningdek, seminarda Jahon banki vakolatxonasining O‘zbekistondagi rahbari Xideki Mori, Jahon bankining katta iqtisodchi-statisti Mustafo Dinch, BMT Rivojlanish dasturining iqtisodchisi Z.Jumayev hamda boshqa xalqaro ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari mavzu yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi.

Seminarda ta'kidlanganidek, xalqaro amaliyotda ko‘pchilik davlatlarda Jahon banki yordamida “Milliy statistikani rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, u barcha milliy statistikani ishlab chiqaruvchilarning rivojlanish yo‘nalishlarini, mamlakatning milliy statistika tizimini ham tashkiliy, ham institutsional jihatdan rivojlantirishga ta'sir ko‘rsatuvchi o‘rta muddatli islohatlarni amalga oshirish yo‘llarini o‘z ichiga oluvchi strategik hujjat hisoblanadi. Mazkur ko‘p yillik strategiya hujjat ham ichki, ham mamlakat tashqarisidagi statistika axborotlari iste’molchilarining zaruratlarini aks ettiradi.

Milliy Strategiyani tayyorlash jarayoni milliy statistika tizimini batafsil baholashni ko‘zda tutadi, uning natijasi bo‘yicha o‘rta muddatli istiqbolga maqsad va vazifalarini belgilagan holda yanada rivojlantirishning aniq strategiyasi, shuningdek, uni samarali amalga oshirish uchun xarakatlar rejasi ishlab chiqiladi.

Strategiyaning qabul qilinishi, milliy statistikaning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ko‘p yillik dasturlari bilan uzviy bog‘liklikda rivojlanib borishini, statistikani ishlab chiqaruvchilar faoliyatini ochiqlik va oshkoralik darajasini oshirishni ta'minlaydi. Siyosiy qarorlar qabul qilinishi, milliy statistika tizimini jahon statistika makoniga tizimli ravishda integratsiyalash uchun sifatli va ishonchli axborot asosini yaratadi.

O‘z navbatida, milliy strategiya respublika moddiy-moliyaviy resurslarini oldindan va oqilona taqsimlash imkonini beradi. Bundan tashqari, xalqaro investor va donorlarga mamlakat milliy statistika tizimini rivojlantirish uchun texnik ko‘makni samarali rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.

Seminarda “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”  Davlat statistika qo‘mitasi faoliyati bilan birga barcha milliy statistika ishlab chiqaruvchilarining statistikaga oid faoliyatlarini ham qamrab olishi ta'kidlandi. Strategiyaning ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq etilishi, milliy statistikani institutsional va strukturaviy jihatdan rivojlantirish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini xalqaro axborot resurslarida to‘lik aks ettiradi hamda O‘zbekistonning turli xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlaydi. Jumladan, Jahon bankining statistika faoliyati samaradorligi indeksida O‘zbekistonning yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishiga zamin yaratadi.

“Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”ning qabul qilinishi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ko‘p yillik dasturlari bilan uzviy bog‘liqlikda milliy statistikaning rivojlantiradi. Shuningdek, milliy statistika ishlab chiqaruvchilar foaliyatini jahon standartlariga moslashtirishga, ochiqlik va oshkoralik darajasini oshirishga erishiladi. Milliy statistikani jahon statistika olamiga tizimli ravishda integratsiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Seminar yakunida mavzu yuzasidan ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga Davlat statistikasi qo‘mitasi xodimlari hamda xalqaro ekspertlar tomonidan batafsil javob berildi.

Поделиться