O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselga tashrif buyurdi

2019-11-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 11-13-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Bryusselga tashrifi chog‘ida “O‘zbekiston-EI” Hamkorlik Kengashining 15-yig‘ilishi, shuningdek Yevropa Ittifoqi institutlari, Belgiya Senati va NATO Parlament Assambleyasi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilar bugungi holatni va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar hamda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, ishbilarmonlik dasturi doirasida dinamik ravishda o‘zgaruvchan iqtisodiy modelga ega mamlakat sifatida O‘zbekistonning investitsiya va savdo-iqtisodiy salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yevropa tomon O‘zbekistonning Umumlashtirilgan preferentsiyalar tizimi GSP+ dan foyda oluvchi maqomini olish uchun zarur bo‘lgan barcha 27 xalqaro konventsiya va bitimlarni ratifikatsiya qilishini qayd etdi va ma’qulladi hamda ushbu maqomni olish uchun O‘zbekiston tomonining arizasini tayyorlashda yordam berishga tayyorligini tasdiqlab o‘zbek eksportchilariga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga eksport qilishda ko‘mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tashrif natijasida 5 million dollarlik “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirish” bo‘yicha texnik yordam loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Ushbu bitim, O‘zbekistonlik mutaxassislarning JST bitimlari va hujjatlari, hamda xalqaro savdo tizimining protokollari haqida xabardorligini oshirish uchun kerakli xujjatlar tayyorlash va malaka oshirish ishlarini qamraydi.

“Evropa Ittifoqining Orol dengizi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘p tomonlama sheriklik trast fondi rivojiga hissasi” loyihasi bo‘yicha 5,2 million AQSh dollari miqdorida grant shartnomasi imzolandi - ushbu mablag‘lar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish va Orolbo‘yi mintaqasida Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish uchun yo‘naltiriladi.

Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri P. Xaavistoning muzokaralar chog‘idagi ushbu Trast fond faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 1 million yevro ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi bayonoti muhim hodisa bo‘ldi.

Поделиться