O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

OTB prezidenti bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uning doirasida shaharsozlik va chorvachilik sohalaridagi loyihalar bo'yicha zayom bitimlari imzolandi

2019-11-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 13-noyabr kuni Moliya vazirligida OTB prezidenti va Direktorlar kengashi raisi Takexiko Nakao bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv boshida tomonlar O'zbekiston Respublikasidagi makroiqtisodiy vaziyat, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy va sohaviy islohotlarni amalga oshirishda OTB bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Bular orasida, bank sektorini isloh qilish, energetika, transport, qishloq xo'jaligi, irrigatsiya va shaharsozlik sohalarida ekspert yordami.

O'zbekiston Respublikasining 2020-yilgi Davlat budjeti to'g'risidagi qonun loyihasi va unda ko'zda tutilgan soliq-budjet tizimidagi o'zgarishlar alohida qayd etildi. Bular qatorida butun budjet tizimining ochiqligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan normalar bilan bir qatorda mahalliy budjetlarning roli va majburiyatlarining ortishi ham bor.

Uchrashuv doirasida shaharsozlikni va chorvachilikni rivojlantirish loyihalari bo'yicha zayom bitimlari imzolanishi ham bo'lib o'tdi.

Поделиться