O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Parij shahridagi uchrashuvlari to‘g‘risida
2019-11-15 | Siyosat
2019-yilning 12-noyabr kuni Parij shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Fransiya senatori, Senatning “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi raisi Natali Gule, Milliy majlis deputati, “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi raisi o‘rinbosari Pyer Kabare va Parij tibbiyot akademiyasi prezidenti Emmanuel Kabani bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Fransiya parlamentlararo aloqalarini, savdo-iqtisodiy hamkorlikni va madaniy-gumanitar almashinuvlarni, jumladan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar doirasida Fransiya vakillari 2019-yil dekabr oyida O‘zbeksitonda bo‘ladigan parlament saylovlarida Fransiya Respublikasidan kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.