O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston-Turkiya biznes-forumi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida "B2B" uchrashuvlari bo'lib o'tdi
2019-11-14 | Iqtisodiyot
13-noyabr 2019-yil O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Turk Serbest Mimarlar Dernegi” mustaqil me'morlar uyushmasi bilan xamkorlikda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida "B2B" formatidagi O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi va biznes muzokaralari o‘tkazishdi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi qo‘shma korxonalar va investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish.
Forumda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I. Jasimov, “Turk Serbest Mimarlar Dernegi” mustaqil me'morlar uyushmasi prezidenti O. Kaya, Turkiya Respublikasi Savdo vazirligining bo‘lim boshlig‘i M. Nesimoglu ishtirok etdi.
Islom Jasimov o‘z nutqida hozirgi kunda mamlakatimizda qurilish va arxitektura ishlari jadal rivojlanayotganini, yangi zamonaviy inshootlar qurilayotganini va bunda turk me'morlari muhim rol o‘ynashini ta'kidladi. Shuningdek, u eski tuzilmalarimizni asrab-avaylash muhimligini ta'kidladi, chunki ular buyuk ajdodlarimiz tarixini aks ettiradi.
Biznes-forum davomida Toshkent shahar hokimligi vakillari taqdimot qildilar va ularda Biznes shahrining davom etayotgan loyihalari taqdim etildi. "Özgüven" qurilish kompaniyasining vakili so‘zga chiqib, Olmazor shahri, Choshtepa shahri va "Murad Buildings" qurilish kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan "Nestone" qo‘shma loyihasi haqida so‘zlab berdi.
Forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida "B2B" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, ularda O‘zbekiston-Turkiya me'morchilik va qurilish soxalarida hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, O‘zbekiston va Turkiya korxonalari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
Turkiya delegasiyasi tashrifi davom etmoqda.