O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Minsk shahrida vazirliklararo maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
2019-11-14 | Siyosat
2019-yilning 13-noyabr kuni Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Yedvochenko tomonidan qabul qilindi.
Suhbat chog‘ida turli sohalarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning hozirgi holati va faol rivoji nuqtayi nazaridan axborot sohasida O‘zbekiston-Belarus aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
* * *
Shu kunning o‘zida tashqi siyosatni yoritish va OAV bilan ishlash bo‘yisha O‘zbekiston-Belarus vazirliklararo maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus Tashqi ishlar vazirligi Axborot va raqamli diplomatoya boshqarmasi boshlig‘i Anatoliy Glaz boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.