O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi Brusselga tashrif buyurdi

2019-11-14 | Siyosat

2019-yilning 11-13-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida “O‘zbekiston-YI” Hamkorlik kengashining 15-majlisi va Yevropa Ittifoqi institutlari, Belgiya Senati va NATO Parlament Assambleyasi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, respublikaning investitsiya va savdo-iqtisodiy salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Yevropa tomoni “GSP+” benefitsiari maqomini olish uchun zarur bo‘lgan barcha 27 xalqaro konvensiya va bitimlarni O‘zbekiston tomoni ratifikatsiya qilganini olqishladi va ushbu maqomni olish uchun O‘zbekiston tomonining arizasini tayyorlashda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, YI davlatlari bozorlariga eksport qilish uchun O‘zbekiston yetkazib beruvchilarini mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmlarini kengaytirishda qo‘llab quvvatlaydi.

Bundan tashqari Yevrokomissiyasining Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Bosh direktori Koen Doens bilan uchrashuvdan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi” va “Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondiga Yevropa Ittifoqining taraqqiyot hissasi” texnik yordam loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi ikkita bitim imzolandi.

Respublikaning JSTga kirishi bo‘yicha loyiha doirasida Yevropa tomonining ajratayotgan grant mablag‘lari hajmi 5 mln. yevroni tashkil qilmoqda. Loyiha O‘zbekistonga mazkur tashkilotga to‘liq qo‘shilishi jarayonida, jumladan zarur hujjatlarni tayyorlash, o‘zbekistonlik mutaxassislarning JST bitimlari va xalqaro savdo tizimi borasidagi bilimlarini oshirishda ko‘maklashishni ko‘zda tutadi.

Yevroittifoqning Ko‘p sheriklik trast fondi uchun 5,2 mln. yevro hajmidagi grant mablag‘lari Orolbo‘yi mintaqasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va Orol fojeasi oqibatlarini yumshatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Muzokaralar chog‘ida Finlandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto Finlandiya tomoni mazkur Trast fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 1 mln. yevro ajratishga qaror qilgani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Поделиться