O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozog‘istonda tashkil etilgan Markaziy Osiyo savdo forumida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi
2019-11-13 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 12-noyabr kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi tashabbusi bilan IX Markaziy Osiyo savdo forumi boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Ikki kun davom etgan bu yilgi xalqaro forum “Meva-sabzavot sohasidagi innovatsion va investitsion yondashuvlar” mavzusida o‘tkazilai. Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyo va boshqa davlatlarda meva-sabzavot sohasidagi turli innovatsion va investitsion yondashuvlar bilan tanishdilar.
Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha sessiyalar o‘tkazdi. Sessiyalarda meva-sabzavot hosildorligini ko‘tarish, sarmoya va moliya hamda texnologik jarayonlardan foydalanish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi. BMT Rivojlanish dasturi mutaxassislari esa mintaqada organik mahsulotlar yetishtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdilar. «CERT Academy» xalqar trening kompaniyasi tomonidan ISO 9001:2015, ISO 22000:2018 i ISO 45001:2018 yangi standartlari tizimini boshqarish bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro-amaliy konferentsiya ishtirokchilar uchun foydali bo‘lishi tabiiy.
Forum ishtirokchilari Janubiy Qozog‘istonda tashkil etilgan AgriTech 2019 ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Ko‘rgazmada meva-sabzavot, bog‘dorchilik sohasidagi qishloq xo‘jaligi texnikalari, uskunalari, yangi texnologiyalari namoyish etildi.