O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq ta’limi vaziri Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi
2019-11-13 | Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning 11 noyabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrifi davomida Jizzax viloyati Paxtakor tumanida “Olmazor” qishloq fuqarolar yig‘ini hamda yangi tashkil etilgan “Oltinko‘l” massivida o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoit va ushbu hududda qurilishi rejalashtirilgan maktab loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga Paxtakor tumanidagi 31-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini o‘rgandi.
Kunning ikkinchi yarmida Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasida viloyatdagi shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida 2018-2019 o‘quv yili yakunida umumta’lim maktablari bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish natijalari tanqidiy tahlil qilindi.
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, maktablarni qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash hamda 2019-2020 o‘quv yilida 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.