O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektron sog'liqni saqlash bo`yicha Estoniya davlatiga o'quv safari tashkil etildi

2019-11-13 | Sog‘liqni saqlash

Joriy yilning 4–8-noyabr kunlari Estoniyaning Tallin shahrida Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan «Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi o'rtasida 2018–2019-yillarga mo'ljallangan ikki yillik hamkorlik shartnomasi» doirasida elektron sog'liqni saqlash sohasi mutaxassislari uchun tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Sog'liqni saqlash, Moliya vazirliklari hamda Davlat statistika qo'mitasi vakillaridan iborat bo`ldi.

Davlat statistika qo‘mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining Ta`lim, sog`liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig`i Jahongir Qambarov ishtirok etdi.

Mazkur tadbir doirasida vazirlik va idoralar vakillari Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasi (EGA)ga tashrif buyurishdi.

Ushbu o'quv safaridan asosiy maqsad sog'liqni saqlash bo'yicha axborot tizimlari va sog'liqni saqlash to'g'risidagi ma'lumotlarni boshqarishning xalqaro standartlaridan foydalanish bo'yicha Estoniya tajribasini o'rganish hisoblanadi.

O'quv safari davomida ishtirokchilar sog'liqni saqlash sohasida axborot tizimlari va ma'lumotlarni boshqarish bo‘yicha zarur bilim va tajribalarga ega bo'ldi.

Поделиться