O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT bilan ijtimoiy himoyaga doir 2 mln dollarlik qo‘shma dastur imzolandi

2019-11-12 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va  Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatimizdagi doimiy vakili Helena Freyzer xonim ijtimoiy himoya bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi. Mazkur hujjat aholining ijtimoiy jihatdan eng zaif bo‘lgan qatlamlariga yordam ko‘rsatishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beradi.   

So‘nggi yillarda O‘zbekiston yillik yalpi ichki mahsulotining 6-9 foizini ijtimoiy himoya xizmatlariga yo‘naltirib kelmoqda. Shunga qaramay,  tizimda uning samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi to‘siqlar mavjud. Masalan, ijtimoiy himoya vazifalari hozirgi kunda bir nechta vazirlik va idoralar zimmasida bo‘lib, tarqoq holdadir. Bu esa, himoyaga muhtoj insonlar va oilalarni murakkab vaziyatlardan chiqarish uchun zarur bo‘ladigan umumiy qarashlar va kompleks yondashuvlar yo‘qligiga olib keladi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatda davom etayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ba'zi ijtimoiy jihatdan zaif aholi qatlamlari uchun qisqa muddatli kuchli ta'sirni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois bunday insonlarga kuchli ijtimoiy himoya tizimi orqali yordam ko‘rsatish zarur. Bu borada, BMT hamda O‘zbekiston Hukumati mamlakatning ijtimoiy himoya tizimini isloh qilish dasturini birgalikda amalga oshirishga kelishishdi.

Dasturning maqsadi yuqori sifatli ijtimoiy himoya xizmatlari barcha insonlar uchun butun umrlari davomida ko‘rsatilishini ta'minlashdan iborat. Dastur assoiy e'tiborni quyidagi uch ustuvor yo‘nalishga qaratadi:  

1.        Ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organini tashkil etish orqali ijtimoiy himoya vazifalari turli vazirlik va idoralar o‘rtasida tarqoq holda ekanligi muammosini hal qilish;

2.        Xalqaro standartlarga mos ravishda keng qamrovli milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish. Mazkur jarayon ijtimoiy himoya tushunchasini xayriyaga asoslangan yondashuvdan inson huquqlariga asoslangan yondashuv sifatida anglashga o‘tkazishga urg‘u berishi ko‘zda tutilgan;

3.        Nogironligi bo‘lgan insonlarga ijtimoiy himoyani taqdim etishda “nafaqalar + xizmatlar” integrallashgan yondoshuvini sinov tariqasida amalga oshirish. Qo‘shma dastur Nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikasiya qilish hamda Faoliyatning xalqaro klassifikasiyasini joriy etish orqali nogironligi bo‘lgan insonlarning huquqlarini yanada kengroq ta'minlash va ularning hayotini sezilarli darajada yaxshilashga e'tibor qaratadi.

Umumiy qiymati 2 million AQSh dollariga teng bo‘lgan qo‘shma dastur BMT tomonidan moliyalashtiriluvchi 24 ta muvaffaqqiyatli loyihadan biri bo‘lib, ularni tanlash jarayonida jami 114 ta taklif o‘rganib chiqildi. Qo‘shma dastur ikki yil davomida amalga oshiriladi.   Qo‘shma dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bosh Prokratura, turli vazirliklar hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

BMTning uchta agentligi – Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) o‘z tajribalari va salohiyatlari doirasida ushbu loyihaning amalga oshirilishida ko‘mak beradilar. 

Поделиться