O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkmanobod shahrida O'zbekiston-Turkmaniston chegarasi bo'yicha ishchi guruhlarning uchrashuvi bo'lib o'tdi

2019-11-12 | Siyosat

2019-yilning 6-12-noyabr kunlari Turkmanobod shahrida (Turkmaniston) O'zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o'rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalalari bo'yicha O'zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muzokaralar chog'ida davlatlararo chegara bo'ylab demarkatsiya chizig'ini o'tkazish bo'yicha va aerofototasvir ishlarini amalga oshirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

Uchrashuvda ishchi guruhlarning 2020-yil uchun uchrashuvlar rejasi-jadvali tayyorlandi.

Uchrashuv an'anaviy do'slik muhitida o'tdi.

Muzokaralar yakunlarida O'zbekiston Resoublikasi va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari To'lqin Abdullayev va Mamed Mamedov uchrashuv protokoloni imzoladilar.

Поделиться