O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Finlyandiya TIV rahbari bilan uchrashuv
2019-11-12 | Siyosat
2019-yilning 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Brussel shahrida Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Finlyandiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-YI Hamkorlik kengashining 15-majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston-Finlyandiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, fan, madaniyat, ta’lim kabi dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar va shartnomaviy-huquqiy asosni mustahkamlashni qo‘llab quvvatladilar.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya ishini qayta tiklash, Helsinki shahrida O‘zbekistonda savdo uyini ochish va boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning amaliy shakli bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.
Shuningdek, vazirlar xalqaro siyosatga doir ba’zi masalalar yuzasidan fikr almashdilar.