O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktabgacha ta’lim vaziri delegatsiyasining Singapur davlatiga tashrifi tafsilotlari haqida

2019-11-12 | Ta’lim

2019-yil 8-noyabr kuni Singapur Respublikasida maktabgacha ta’lim vaziri delegatsiyasining tashrifi doirasida Singapurning ikkinchi ta’lim vaziri (Bosh vazir idorasi vaziri) Indira Radja xonim bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Singapur ta’lim tizimini rivojlantirishning tarixiy istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlar atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar bolalarning erta rivojlanishi sohasidagi o‘xshash yondashuv va tamoyillarni qayd etdilar.

Uchrashuv davomida inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar tufayli sezilarli yutuqlarga erishilgani, natijada esa Osiyoning qashshoq mamlakatlaridan biri bo‘lgan Singapur iqtisodiyoti kuchli va hayot darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatga aylangani haqida so‘z bordi.

Singapurda pedagoglarni tayyorlash tizimi, ta’lim tizimini boshqarish, ayniqsa ta’lim muassasalarining mustaqilligini ta’minlashga imkon yaratilganligi, davlat byudjeti harajatlarida ta’limning salmoqli qismi byudjet mablag‘larini mudofaa sektoridan keyin ikkinchi o‘rinni egallashi va bu sohada amalga oshirilgan islohotlar delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv davomida tomonlar, shuningdek, baholash va ta’lim sifatini ta’minlash, inklyuziya, qo‘shma o‘quv dasturlari va fakultetlari, ilmiy izlanishlar borasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Shu kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi Bolalalarni erta rivojlantirish agentligi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Bolalalarni erta rivojlantirish agentligi Singapurdagi bolalarni boshlang‘ich ta’limini rivojlantirish tizimini tartibga soluvchi agentlik bo‘lib, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari va unda bolalarning rivojlanishining asosiy jihatlarini kuzatib boradi. Agentlik Talim vazirligi va Singapur Ijtimoiy va oilani rivojlantirish vazirligi tomonidan birgalikda boshqariladigan avtonom agentlikdir.

Muloqot davomida mezbonlar agentlik faoliyatining taqdimoti bilan so‘zga chiqib, undagi o‘quv dasturlaridagi yo‘nalishlar va erta yoshda rivojlanish sohasidagi siyosatni shakllantirish tamoyillari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdilar.

Uchrashuv chog‘ida agentlik mutaxassislari O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan berilgan ko‘plab dolzarb mavzulardagi, jumladan Singapur bolalar bog‘chalari va markazlarining ta’lim sifatini baholash tartiblari (SPARK metodologiyasi) xaqidagi savollarga javob berishdi.

Qizg‘in suhbat davomida bolalarni rivojlantirish sifatini yo‘lga qo‘yish,bu sohaniresurslar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislar va maktabgacha tarbiyachilar malakasini oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘z o‘rnida, Singapur Bolalarning erta rivojlanishi agentligi maktabgacha ta’lim siyosatini shakllantirish va ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston amaliyotiga katta qiziqish bildirdi.

8-noyabr kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi delegatsiyasi AWWA Kindle Gardenning faoliyati bilan ham tanishdilar.

AWWA Kindle Garden bolalar bog‘chalari tizimi teng huquqli sheriklik printsipiga asoslangan bo‘lib, unda maxsus ta’limga ehtiyoji bor bolalar va normal rivojlanayotgan bolalar bilan birgalikda tarbiyalanadilar. Bu esa o‘z o‘rnida, turli profilli tarbiyachilar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlab, hamkorlik va o‘zaro yaqin bog‘liqlikni ta’minlaydi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari nogiron bolalar uchun kontent va ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishda zamonaviy yechimlardan foydalanadigan Singapur inklyuziv bolalar bog‘chasining amaliyoti, nozik jihatlari va hususiyatlarini batafsil o‘rganib chiqdilar.

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin ushbu inklyuziv bolalar bog‘chasi xodimlariga minnatdorchilik bildirdi va bolalarning rivojlanishigahar tomonlama erta ko‘mak berish ularning rivojlanishida, sog‘lom rivojlanishida, shuningdek, ta’lim vakeyinchalik jamiyat muhitiga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi.

Поделиться