O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa kengashidagi uchrashuv to‘g‘risida

2019-11-12 | Siyosat

2019-yilning 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Brussel shahrida Yevropa kengashi Prezidentining ichki siyosat masalalari va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha Katta maslahatchisi Pavel Gras bilan uchrashdi.

Turli sohalar va shakllardagi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama siyosiy munosabatlar, parlamentlararo aloqalar, shu jumladan, Oliy Majlis va Yevroittifoqga a’zo davlatlar parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, xususan delegatsiyalar va qonun ijodkorligi tajribasi, parlament faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi axborot va tahliliy materiallarni o‘zaro almashish orqali kengaytirishga ikki tomon ham tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Shu o‘rinda Yevropa Ittifoqi tuzilmalari vakillarining 22-dekabr kuni bo‘lajak parlament saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться