Samarqandda “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi davom etmoqda
Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida “Valday” xalqaro munozara klubining “Markaziy Osiyo va Yevrosiyo: global tartibsizliklarning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik” mavzucidagi X Osiyo konferensiyasi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning anjuman qatnashchilariga tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov o‘qib eshittirdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning anjuman qatnashchilariga tabrigini Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi V.Tyurdenev o‘qib eshittirdi.
Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni O‘zbekiston va Rossiya ekspertlari ikki tomonlama maxsus sessiya doirasida uchrashdi. Bugun anjuman kengaytirilgan tarkibda tashkil etildi.
Ekspertlar Markaziy Osiyo va Yevroosiyoning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik, Osiyo va Yevroosiyo kelajagiga munosabat, makromintaqalar shakllanishi va boshqa dolzarb mavzularda fikr almashmoqda.
Ular mintaqaning xavfsizlik masalalarini hal qilish va uzoq muddatli maqsadlarga erishishga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan ko‘p tomonlama hamkorlikni faollashtirish imkoniyatlariga oid mavzuni ham muhokama qiladi.
Xalqaro anjuman davom etmoqda.
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (O‘zA)