O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha bosh direktori bilan uchrashuv
2019-11-11 | Siyosat
2019-yilning 11-noyabr kuni “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining 15-majlisida ishtirok etish uchun Brussel shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Bosh direktori Koen Doens bilan uchrashdi.
Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar va so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning faol rivojlanishini qo‘llab quvvatlashdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi muloqotni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.