O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya elchixonasi vakillari Namangan viloyatida ta’lim sohasi bilan tanishdi

2019-11-11 | Ta’lim

Mamlakatimiz ta’lim ravnaqi yo‘lidagi odimlarda xalqaro hamkorlik, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakati Yaponiya bilan ham bu borada samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ana shunday hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida Namangan viloyatiga Yaponiya elchixonasi vakillari tashrif buyurdi.

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi maslahatchisi Suda Atsuщi boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Isxoqxon Ibrat nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, ilm maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Ibrat maktabiga Yaponiya elchixonasi tomonidan 50 ming AQSh dollari miqdoridagi moddiy-texnik baza hamda yapon tili o‘rgatish uchun markaz ochish rejalashtirildi. Shuningdek, yaponiyalik mehmonlar tumandagi yana bitta maktabga beg‘araz yordam berish tashabbusi bilan chiqdi.

Mehmonlar Axsikent tarixiy yodgorlik majmuasida ham bo‘lib, majmua tarixi va o‘tmishda Farg‘ona vodiysining sivilizatsiya markazi sifatida e’tirof qozongan maskanda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar bilan yaqindan tanishdi.

Поделиться