O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi oʻz ishini boshladi

2019-11-11 | Jamiyat

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi oʻz ishini boshladi.

Tadbirda dunyoning 11 davlati, jumladan, Oʻzbekiston, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya, Hindiston, Filippin, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan 80 dan ortiq taniqli ekspertlar ishtirok etmoqda.
 
Anjumanning birinchi kunida dastur boʻyicha Oʻzbekiston – Rossiya maxsus sessiyasi doirasida ikki mamlakat oʻrtasidagi uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan ekspertlar ishtirokidagi yigʻilish oʻtkazilmoqda.
 
Tadbir oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori E.Aripov hamda “Valday” xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi raisi A.Bistriskiy oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
 
Uchrashuv chogʻida ikki davlat ekspertlari oʻrtasidagi hamkorlik, xalqaro va mintaqalararo tadqiqotlar sohasidagi aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi. Oʻzbekiston intellektual doiralari vakillari bundan buyon “Valday” xalqaro munozara klubi tadbirlarida, shuningdek, kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan maqsadli loyihalarda muntazam ishtirok etishi taʼkidlandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Valday” xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.
 
 
Gʻolib HASANOV, Alisher ISROILOV (surat), OʻzA

Поделиться