O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
2019-11-08 | Madaniyat
Tojikiston Respublikasida joriy yilning 11-15-noyabr kunlari O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida bir qator madaniy tadbirlar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Dastur asosida 12-noyabr kuni Tojikiston madaniyat vaziri va O‘zbekiston madaniyat vazirining rasmiy uchrashuvi hamda O‘zbekiston madaniyati kunlarining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tadi.
Delegatsiya a’zolari 13-noyabr kuni Tojikiston madaniy meros ob’ektlari bilan tanishib, Tojikiston Maqom akademiyasiga tashrif buyuradi. 14-noyabr kuni esa yangilanayotgan O‘zbekiston ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Madaniy tadbirlar, milliy liboslar namoyish etiladi. Madaniyat kunlarining tantanali yopilishi marosimi o‘tkaziladi.