O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent tibbiyot akademiyasi AQShning nufuzli markazi bilan memorandum imzoladi

2019-11-08 | Ta’lim

7-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) bilan memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda AQShning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi janob Deniyel Rozenblyum ishtirok etdi.

Mazkur memorandum Toshkent tibbiyot akademiyasiga tibbiy ta’lim va tadqiqotlar sohasida AQShning yetakchi universitetlari va tibbiy markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish, CDC ko‘magida AQShdagi eng yaxshi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik  o‘rnatish imkonini beradi.

Qolaversa, AQSh yetakchi markazi bilan hamkorlik natijasida ilg‘or xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi ilmiy asoslangan ta’lim modullari va fanlarni ishlab chiqish orqali yangi ta’lim dasturlarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari AQShning yuqori impakt-faktorga ega nufuzli ilmiy jurnallarida TTAning professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorant va talabalari (bakalavriatura va magistratura) tomonidan yozilgan maqolalarni sistematik tarzda nashr etilishini tashkillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish mumkin.

Поделиться