O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning diniy erkinlik borasidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

2019-11-08 | Jamiyat

Shu kunlarda mamlakatimizda “Din va qonun ustuvorligi” mavzusida O‘zbekiston – Amerika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazilmoqda.

Seminarda din va qonun ustuvorligi masalalari O‘zbekiston – Amerika misolida qiyosiy tahlil qilinib, bu borada yetakchi ekspertlar olib borgan tadqiqotlar, ilmiy-amaliy xulosalar taqdim etilmoqda. 7 noyabr kuni Toshkentda davom etgan seminarda mutaxassislarning mavzuga doir ma’ruzalari tinglandi. 
 
O‘zbekistonda 16 diniy konfessiyaga mansub 2 mingdan ziyod diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi tizimli ishlar keyingi yillarda yanada jadal tus oldi. Sohaga oid qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda, davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari rivojlantirilmoqda.
 
Diniy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2018 yilda Prezidentimiz farmoni bilan Toshkent islom universiteti O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga aylantirildi. Bu diniy sohada o‘rta maxsus bilim yurtlari, Toshkent islom institutidan keyingi bosqichda akademiya darajasida diniy ta’lim olish imkonini beradi.
 
Mamlakatimizning din va e’tiqod erkinligi, bag‘rikenglik va o‘zaro hamjihatlik, ma’rifat va barqarorlik, tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan shu kabi sa’y-harakatlari xalqaro maydonda e’tirof etilmoqda.
 
O‘zbekiston so‘nggi 20 yilda AQSh "alohida tashvish tug‘diradigan davlatlar ro‘yxati"dan chiqargan ikkinchi mamlakat bo‘ldi. Bundan tashqari, BMTning din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O‘zbekiston parlamentining diniy erkinlikni ta’minlash, qonun hujjatlarini takomillashtirish va diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi hujjatida ushbu tashrif natijalari o‘z aksini topdi.
 
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» maxsus rezolyusiyasi qabul qilindi.
 
– AQSh O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim davlat sifatida biladi, – dedi AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum. – Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar samarasida mamlakat iqtisodiyoti rivojlanmoqda, davlat va jamiyat o‘rtasida aloqalar kuchaymoqda. Mazkur jarayon mamlakatingizning mintaqadagi salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. AQSh O‘zbekistondagi bu kabi ijobiy natijalarni qo‘llab-quvvatlagan holda, uning bardavom bo‘lishini tilaydi.
 
Ilmiy-amaliy seminar yakunida din va qonun ustuvorligini mustahkamlash, diniy erkinlikni ta’minlash bo‘yicha bildirilayotgan takliflar umumlashtirilib, sohada ishlab chiqilayotgan yangi qonun loyihalariga kiritish uchun tavsiya etiladi.
 

M.HUSANOVA, O‘zA

Поделиться