O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Zoologiya institutining investitsiya loyihasi
2019-11-07 | Fan
O‘zR FA Zoologiya instituti Entomolog olimlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi (LBMA) vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Respublikada baliqlar, qushlar va kelajakda insonlar uchun oqsilga boy sun’iy ozuqa sifatida foydalanish uchun to‘g‘riqanotsimon hasharotlarga mansub uy chirildog‘ini (Acheta domesticus) laboratoriya sharoitida ommaviy ko‘paytirib, biologik massasini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini rejalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, to‘g‘riqanotsimon hasharotlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ular oziqlanish tipiga asosan turli-tumanligi, biomassa miqdorining ko‘pligi, turli statsiyalarda uchraganligi sababli, moddalarning tabiatda aylanishi va oziqa zanjirining shakllanishida muhim rolь o‘ynaydi. Jumladan, chigirtkalarning ayrim turlari biomassasi 800 kg/ga gacha etadi va u bir qator hayvonlar uchun qimmatli oziqa hisoblanadi.