O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Turizm marketingidagi zamonaviy tendentsiyalar” mavzusidagi Work shopga taklif qilamiz

2019-11-07 | Turizm

25-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi (TITF) doirasida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti (ilgargi Davlat Ta'lim va konsalting turizm markazi) turizm va marketing mutaxassislari uchun "Turizm marketingidagi zamonaviy tendentsiyalar" mavzusida seminar o'tkazmoqda.

Seminarda Isroildan tashrif buyurgan xalqaro ekspert, doktor Eran Ketter (katta o'qituvchi va turizm bo'yicha maslahatchi, Isroil Turizm vazirligining marketing bo'yicha sobiq maslahatchisi, turizm marketingi bo'yicha kitoblar muallifi) ishtirok etadi. Mashg’ulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va Isroil davlatining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Tadbir davomida quyidagi mavzular ko'rib chiqiladi:

1) turizm sohasidagi 2020-yildagi tendentsiyalar: beqaror dunyoda yetakchilik;

2) Ijtimoiy media marketing: eng yaxshi kontentingizni yarating.

O’tkazilish joyi: “O’zekspomarkaz”ning ITC konfrens zali.

Sanasi va vaqti: 2019-yil 13-noyabr, 16.00 – 17.30.

Tadbirda ishtirok etish cheklanmagan, barcha qiziquvchilarni "Turizm marketingidagi zamonaviy tendentsiyalar" mavzusidagi seminariga taklif etamiz! Seminarda qatnashmoqchi bo’lganlar 11-noyabrga qadar @Workshop2019_bot manziliga ma’lumot yuborishlari so’raladi. Qo’shimcha ma’lumot uchun Madina Jabborova (+998 97 333 57 22) bilan bog’lanishlari mumkin. 

Поделиться