O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʼtgan 9 oy mobaynida Xalq taʼlimi vazirligi tizimiga ajratilgan mablagʼlar

2019-11-06 | Ta’lim

2019 yilda Xalq ta’limi tizimiga davlat byudjetidan jami 16,4 trln. so‘m (2018 yilga nisbatan 38,3%ga ko‘p, 11,8 trln. so‘m) ajratilgan bo‘lib, jami davlat byudjeti xarajatlarining 15,2 foizini (2018 yilda 17,1 foiz) tashkil etadi.

Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 12,2 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 37,0 foizga ko‘p), yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 3,03 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 43,0 foizga ko‘p) hamda boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,2 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 16,0 foizga ko‘p) ajratilgan.

Shuningdek, joriy yilning 9 oyi mobaynida jami 13,4 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 13,2 trln. so‘mni (98,4 foiz) tashkil etgan.

Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 9,9 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 9,8 trln. so‘mga, ya’ni 99,1 foizga bajarilgan.

Yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 2,5 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 2,4 trln. so‘mga yoki 95,7 foizga bajarilgan. Boshqa (IV guruh) xarajatlarga 926,8 mlrd. so‘m ajratilib, ijrosi 914,8 mlrd. so‘mga yoki 98,7 foizga bajarilgan.

Поделиться