O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gollandiyalik mutaxassislar ishtirokida seminar

2019-11-06 | Texnologiyalar

Toshkentda 5-noyabr kuni “Gollandiya issiqxona texnologiyalarining imkoniyatlari” mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Gollandiyaning issiqxonalar barpo etish, mahsulot yetishtirish jarayonida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish, oʻsimlik va ekinlarni biologik himoya qilish kabi yoʻnalishlarga ixtisoslashgan oltita yirik kompaniyasidan ekspertlar, shuningdek, yurtimizdan 50 dan ziyod tadbirkorlar, biznes vakillari ishtirok etdi.
 
Hamkor mamlakat kompaniyalari faoliyati doirasida har tomonlama qulay va samarador issiqxonalar yaratishga ixtisoslashgan kompaniyalar bilan mustahkam aloqaga ega. Bugungi kunda Gollandiya texnologiyasi asosidagi issiqxonalar Yevropa, Amerika, Avstraliya va Afrika davlatlarida maʼlum va mashhur.
 
– Biz Oʻzbekistonga ilk bor joriy yilning mart oyida Gollandiya ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat maxsus delegatsiya tarkibida kelgan edik, – deydi “Lyudvig Svensson” kompaniyasining MDH mamlakatlari boʻyicha bosh menejeri Valentina Dyomkina. – Tashrif doirasidagi ikki tomonlama uchrashuvlarda Gollandiyaning 46 kompaniyasidan 79 kishi qatnashgandi. Oʻshanda biz Toshkent va Namangan viloyatlarida boʻlib, issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish istiqbollarini oʻrgangan edik. Ushbu seminar oʻzaro hamkorligimizni yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.
 
Xorijlik mutaxassislar taqdimotlarda Gollandiya texnologiyasiga asoslangan zamonaviy issiqxonalarning imkoniyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Oynavand va plyonkali issiqxonalarning qiyosiy xususiyatlari, iqlim muammolari yechimi, ishlab chiqarishni optimallashtirish uchun iqlim bilan bogʻliq yangi yechimlar yuzasidan fikr almashildi.
 
Issiqxonada ekin ekish, oʻstirish, duragay oʻsimlik va ekinlar yetishtirish tajribasi, tabiiy usulda changlatish, hosildorlik monitoringi tizimi kabi masalalarga oid maʼruzalar tinglandi.
 
Interfaol muhokamalar chogʻida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
 

Gʻayrat XONNAZAROV, OʻzA

Поделиться