O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahrida huquqiy sohadagi O‘zbekiston-BAA vazirliklararo maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

2019-11-06 | Siyosat

2019-yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-BAA hamkorligini inventarizatsiya qilish va huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasiga BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining Xalqaro huquq departamenti boshlig‘i Abdulla Hamdan Al Nakbi rahbarlik qildi.

Ekspertlar imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni inventarizatsiya qildilar, shartnomaviy-huquqiy asoslarning joriy holatini ko‘rib chiqdilar va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil mart oyida BAAga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning bajarilishini muhokama qildilar.

Muzokaralarda fuqarolik va xo‘jalik masalalarida o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida davlatlararo shartnoma, soliq sohasida axborot almashish va investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar loyihalarini ishlab chiqishni tezlashtirish va ularni imzolashga tayyorlashga kelishib oldilar.

Shuningdek, tomonlarning BMT Bosh assambleyasining Oltinchi qo‘mitasi, Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferentsiyasi, IHT va boshqa ko‘p tomonlama shakllardagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться