O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tanzila Narbayeva Qozog‘iston Prezidenti bilan uchrashdi

2019-11-05 | Siyosat

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Tokayev bilan uchrashdi.

Qozog‘iston rahbari Tanzila Narbayevaning tashrifi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishi va davlatlararo munosabatlarga qo‘shimcha turtki berishi tufayli katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

“Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki qator masalalarda bir-birini to‘ldirib turadi. Shuning uchun muvaffaqiyat qozonishimiz muqarrar. Boz ustiga, biz hamkasbim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan har jabhada hamkorlikni rivojlantirish uchun faol harakat qilishga kelishib olganmiz”, - dedi Qasim-Jomart Tokayev. 

Qozog‘iston Prezidenti 2018 yilda savdo hajmi 2,5 mlrd. dollarga yetganligiga va shu yilning 9 oyi davomida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan oshib ketganligiga urg‘u berdi.

O‘z navbatida, Tanzila Narbayeva iliq kutib olganliklari uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik so‘zini yetkazdi. Senat rahbari Qasim-Jomart Tokayevning Davlat rahbari lavozimiga saylanishi uning avvalgi lavozimda tajribali diplomat, obro‘-e’tiborli rahbar va, eng asosiysi, Qozog‘istonda davlatchilikni mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida kuchli siyosat olib borgan Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev g‘oyalarini davom ettiruvchisi shaxs sifatidagi faoliyatining e’tirofi ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi O‘zbekistonda bu yili Qozog‘iston yili o‘tkazilishi munosabati bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlarni xalqlarimiz yaqinlashishiga yorqin misol qilib keltirdi. Tanzila Narbayeva Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Tokayevning O‘zbekiston Respublikasiga birinchi davlat tashrifi ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirishga turtki berganligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida tomonlar yuksak darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini va keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlikning boshqa masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться