O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat statistika qo`mitasi vakili migratsiya statistikasi bo‘yicha seminar va ishchi sessiyada ishtirok etdi
2019-11-05 | Jamiyat
2019-yilning 28–31-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo`lib o`tgan migratsiya statistikasi bo‘yicha seminar va ishchi sessiyada Davlat statistika qo`mitasi Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Dusnayev ishtirok etdi.
Ushbu seminar va ishchi sessiyada Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Belgiya, Bangladesh, Butan, Kanada, Kolumbiya, Estoniya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Irlandiya, Isroil, Ispaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Meksika, Makedoniya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Moldova, Rossiya, Serbiya, Sloveniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Tojikiston, Turkiya, Ukraina, Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston davlatlaridan statistika organlari mutaxassislari, Yevrostat, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), MDH statistika qo‘mitasi (CIS-STAT) ekspertlari ishtirok etdi.
Seminar va ishchi sessiyaning asosiy maqsadi – migratsiya statistikasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, migratsiya ma’lumotlarini yig‘ish bo‘yicha yangi usullar hamda xorijiy davlatlarning migratsiya statistikasi kuzatuv natijalari bilan ishtirokchilarni tanishtirishdan iborat.
Seminar va ishchi sessiya davomida Yevrostat, MDH statistika qo‘mitasi va bir qator ekspertlar taqimot qildi, shuningdek, migratsiya statistikasi bo‘yicha tushuntirishlar, tavsiyalar berildi va tajribalar o‘rganildi.