O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Malayziya O‘zbekistonning majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha tajribasini o‘rganmoqchi

2019-11-05 | Jamiyat

2019-yil 4-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Malayziya birlamchi sanoat vazirligi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Malayziya delegatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashish hamda yurtimizning bu boradagi tajribasini o‘rganishdan iborat.

O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashish 2018-yildan boshlab yangi amaliy bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-son qarori qabul qilindi va majburiy mehnatga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi. Shunga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qiluvchi 200-06-01 ishonch telefoni hamda @mehnathuquqbot maxsus telegram bot tarmoqlari ishga tushirildi.

Majburiy mehnatga qarshi kurashda 2018-yil 20-avgustdagi Prezident qarori bilan tashkil etilgan yagona Davlat mehnat inspeksiyasi ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

2018-yil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning “Uchinchi tomon monitoringi” mutaxassislari va huquq himoyachilariga majburiy mehnat holatlarini o‘rganish va monitoring qilish bo‘yicha O‘zbekistonda mustaqil faoliyat yuritishlariga imkoniyat yaratildi.

2018-yil O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanishga to‘liq barham berildi.

O‘zbekistonda majburiy mehnatga to‘liq barham berish 2019-yilda turgan ustuvor vazifalardan etib belgilandi.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda o‘tkazilgan Cotton Compaign koalitsiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi va ushbu tashrif natijasida AQSh O‘zbekiston paxtasini bolalar majburiy mehnati asosida yetishtiriladigan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqardi.

2019-yil 1-aprel kuni Bryusselda “O‘zbekiston paxta terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga qanday barham bermoqda” mavzusida yirik forum tashkil etildi va O‘zbekistonning qisqa muddatda majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha to‘plagan tajribasi va uning amaliyotdagi natijalari xalqaro doirada o‘rganildi.

2019-yil Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, majburiy mehnatga qarshi kurashda 1176 ishonch raqamlari, Davlat mehnat inspeksiyasining dmi.mehnat.uz murojaatlar sayti ishga tushirilib qayta aloqa tizimi yanada kengaytirildi, @mehnathuquqbot Telegram boti orqali murojaatlar qabul qilish faol davom ettirilmoqda.

Majburiy mehnatga qarshi yo‘naltirilgan chora-tadbirlar orasida, ayniqsa, 2019-yil 28-avgustdagi O‘zbekiston Qonuniga ko‘ra Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar dadil odimlardan bo‘ldi. Qonunga muvofiq, endilikda mehnatga biron-bir shaklda majburlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 30 baravarigacha, agar bir yil ichida bu hol qayta sodir etilsa, 30 baravardan 100 baravargacha jarima solinishi belgilandi. Ilgari ushbu jarima miqdori bor-yo‘g‘i 1 baravardan 3 baravargacha bo‘lib, majburiy mehnatga jalb qilgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo ko‘rilishiga imkon bermas edi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan majburiy mehnatga qarshi kurashda, shuningdek, targ‘ibot flaerlari va bannerlari respublika bo‘ylab jamoat joylariga yetkazilmoqda.

Uchrashuv davomida majburiy mehnatga barham berish yo‘lida olib borilayotgan shu kabi masalalar va istiqboldagi rejalar xususida fikr almashildi.

Поделиться