O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ipak yo‘li yoshlar nigohida” Xalqaro fototanlov

2019-11-05 | Madaniyat

Buyuk Ipak yo‘li madaniy me’rosini targ‘ib etish maqsadida YUNESKO navbatdagi “Ipak yo‘li yoshlar nigohida” mavzusi bo‘yicha badiiy fotosuratlar tanlovini e’lon qildi. Ushbu tanlovda 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tashkil etilayotgan fotosuratlar tanlovi quyidagi uch mavzuga bag‘ishlanadi:

  • Gastronomiya va taomlar;
  • An’anaviy sport o‘yinlari;
  • Musiqa va raqs san’ati.

Tanlov bo‘yicha fotosuratlar onlayn tarzda 2020-yilning 6-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotni quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin (https://yunescosilkroadphotocontest.org). Tanlov natijalari 2020-yilning 21-mart kuni YUNESKO veb-sahifasi www.unesco.org/silkroad orqali e’lon qilinadi. Buyuk ipak yo‘li bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston madaniy me’rosini saqlash va jahon bo‘yicha targ‘ib etish muhimligini inobatga olgan holda, ushbu YUNESKO tanlovida davlatimizning barcha hududlaridan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. 

Поделиться