O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Joriy yilning 5 noyabridan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining hududlararo saralash bosqichiga start beriladi
2019-11-05 | Ta’lim
Mamlakatimiz Prezidenti ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.
Joriy yilning sentyabr oyi davomida tanlovning tuman (shahar) bosqichida 4 550 ta umumta’lim maktab jamoalari ishtirok etib, 54 600 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb qilindi.
17-31-oktabr kunlari tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari o‘tkazildi. Hududiy bosqichlarda 5 970 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tanlovda faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta jamoa (har bir hududdan bittadan) hududlararo bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 5-noyabr kunidan boshlab, tanlovning hududlararo saralash bosqichiga start beriladi.
Barcha ishtirokchi jamoalarga omad yor bo‘lsin.