O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda tanlov e’lon qiladi
2019-11-05 | Ta’lim
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashi hamkorligida shu yilning may oyidan boshlangan “Higher Education for employability” (Ish bilan ta’minlashda oliy ta’limning ahamiyati) dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tanlov e’lon qiladi.
“Higher Education for employability” dasturi OTMlarning akademik va moliyaviy mustaqilligini belgilash, oliy ta’lim sohasida yetakchi tashkilotlar va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha agentliklar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, oliy ta’limning zamonaviy mehnat bozori talablariga muvofiqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Loyiha dasturning quyidagi asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshiriladi:
- oliy ta’lim sifatini ta’minlash;
- bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mosligini ta’minlash;
- o‘quv dastur va fanlarni ingliz tilida o‘qitish.
Loyihaning 2019/2020 o‘quv yili uchun byudjeti - 200 000 funt sterling.
Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasalari o‘z loyihalari bilan qatnashishlari mumkin.
Arizalar shu yilning 16-noyabr kunigacha qabul qilinadi.
Ariza shakli mana bu yerda.
Batafsil: https://www.britishcouncil.uz/