O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eron Islom Respublikasi Sanoat, konlar va savdo vaziri R.Rahmoniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-11-04 | Iqtisodiyot
Joriy yil 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Eron Islom Respublikasi Sanoat, konlar va savdo vaziri R.Rahmoniy bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy xamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlarining muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugungi kunda, alohida ustuvor yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy sheriklikni yanada kuchaytirish uchun mamlakatlar sezilarli salohiyatga ega ekanliklari ta’kidlab o‘tildi.
Soni doimiy ravishda o‘sib borayotgan eronlik investorlarning qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda: bugungi kunning o‘zida O‘zbekistonda eron investitsiyalari ishtirokidagi 244 ta korxona faoliyat yuritmoqda, shulardan 115 tasi - 100 foiz eron investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan.
Uchrashuv yakuni bilan ikki mamlakat vazirliklari o‘rtasida shu jumladan, investitsiyalar, transport va savdo sohalaridagi o‘zaro manfaatli masalalarni chuqur ishlash orqali yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hamkorlikda olib borilgan ishlar natijalari joriy yil dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 13-chi yig‘ilishida muhokama qilinadi.