O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizm va servis yo‘nalishidagi professional kollejlar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2019-11-01 | Turizm

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi 5812-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 30 oktabr kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida turizm va servis yo‘nalishida ta'lim beruvchi kollejlar/texnikumlar direktorlari bilan birinchi ishchi uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish instituti va Turistik xizmatlarni sertifikatlash markazi  vakillari hamda o‘quv muassasalarining rahbarlari ishtirok etishdi. Unda turizm va servis yo‘nalishidagi kollej va texnikumlarning amaldagi holati, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati sifati, bitiruvchilarning professional tayyorgarlik darajasi va sifati kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish instituti hamda kollej va texnikumlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish, ta'lim jarayoni bilan bog‘liq masalalarni hal qilish, o‘quv muassasalarining faoliyatini takomillashtirishga to‘sqinlik qilayotgan dolzarb masalalar, bo‘lg‘usi mutaxassislarni turizm sohasidagi korxonalarga ishga joylashtirish kabi masalalarni muhokama qilish. 

Shuningdek, tizim bilan bog‘liq kollej va texnikumlarning 13-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etish masalasi ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, ta'lim muassasalari faoliyati sifatini yaxshilash, pedagoglar tarkibi masalasini hal qilish, mulk inventarizatsiyasini o‘tkazish, amaliy laboratoriyalar tashkil qilish, o‘quvchilar uchun yotoqxonalardagi sharoitlarni yaxshilash, malaka doirasi bo‘yicha takliflar kiritish, World Skills milliy chempionatida qatnashish uchun “Mehmonxonani ma'muriylashtirish” vakolati bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqishga doir takliflarni kiritishga yo‘naltirilgan “Yo‘l xaritasi”ning tadbirlar rejasini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh tuzildi. 

Поделиться