O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi
2019-11-01 | Jamiyat
Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, OAV vakillari hamda aholi o’rtasida keng muhokamaga sabab bo’layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati tomonidan 2019 yil 7 noyabr (payshanba) kuni, soat 15:00da O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi dolzarb masalalar hamda kelgusida amalga oshirilishi reja qilingan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Unda Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rahbariyati hamda bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etadi va sizni qiziqtirgan savollarga javob beradilar.
Tadbirda qatnashmoqchi bo’lgan OAV vakillari va blogerlarni anjumanga taklif etamiz. Buning uchun Sizdan joriy yilning 6 noyabr, soat 18:00ga qadar vazirlikning rasmiy elektron manzili (pressa@mvd.uz) orqali ro’yxatdan o’tishingizni so’raymiz.